Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati G‘.Abdullayev tomonidan “Qo‘shtegirmon-1” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida hududdagi mavjud muammo o‘rganilib, uni bartaraf etish yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari U.Yigitaliyevga deputat so‘rovi yuborilgan edi.
🔹 Mazkur deputat so‘rovida “Qo‘shtegirmon-1” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Obod” ko‘chasining 1 kilometr qismini asfaltlashtirish masalasi ko‘tarilgan.
✅ Deputat so‘rovi ijrosi yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan amaliy choralar ko‘rilib, “Qo‘shtegirmon-1” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Obod” ko‘chasining 1 kilometr qismi asfaltlashtirildi.
Shu tariqa, fuqarolar murojaati asosida ko‘tarilgan mazkur masala ijobiy hal etildi hamda hudud aholisiga qulay va xavfsiz harakatlanish uchun zarur sharoit yaratildi.