Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#doimiykomissiya “TASHABBUSLI BYUDJET” DOIRASIDA TA’MIRLASH ISHLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
#doimiykomissiya 188-SONLI MAKTABDA “TASHABBUSLI BYUDJET” LOYIHASI DOIRASIDA AMALGA OSHIRILGAN TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI INOBATGA OLINIB, YO‘LLARNI TA’MIRLASH UCHUN MABLAG‘ YO‘NALTIRILDI
янв.21
KENGASH HAQIDA BILASIZMI?
янв.21
DEPUTAT ISHTIROKIDA “SHUKRONALIK” MA’RIFIY TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT MUHOFAZASIDAGI 128-SONLI MAKTABDA MADANIY MEROS OBYEKTINI ASRASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
#Muhim_QARORLAR Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish o'rganilmoqda. 🕌HAYROBOD ESHON ZIYORATGOHINING SAQLANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
➡️O‘RGANISH → MUAMMO → NAZORAT → NATIJA
янв.21
🆘🆘 Guliston mahallasida SOS tugmasining ishlash holati o‘rganildi
янв.21
FUQAROLAR BILAN OCHIQ MULOQOT
#doimiykomissiya “TASHABBUSLI BYUDJET” DOIRASIDA TA’MIRLASH ISHLARI HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Nazirov Madaminjon Ma’rufjon o‘g‘li hamda komissiya a’zosi Xidiyatulina Rima Rashitovna tomonidan TDIU “International Business” akademik litseyida “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026-yil I mavsumi doirasida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida akademik litseyning asosiy o‘quv binosi kirish qismi (holli)ni zamonaviy ko‘rinishda qayta qurish hamda binoning fasad qismini ta’mirlash ishlari jarayoniga e’tibor qaratildi.

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi “Tashabbusli byudjet jarayonlarini takomillashtirish doirasida xalq vakillari va saylovchilar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-264-son qarori hamda Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 2026-yil 2-apreldagi “Chilonzor tumani hokimligi qoshida ochilgan ‘Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi’ mablag‘lari hisobidan 2026-yilning I mavsumida ‘G‘olib’ deb topilgan loyihalarga mablag‘ ajratish to‘g‘risida”gi III-19-22-14-204-K/26-son qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida ta’lim muassasasining kirish qismini zamonaviy talablarga mos ravishda qayta qurish va fasadini ta’mirlash orqali binoning tashqi ko‘rinishini yaxshilash, o‘quvchilar hamda pedagog xodimlar uchun yanada qulay ta’lim muhitini yaratish ko‘zda tutilgan.

O‘rganishning asosiy maqsadi — “Tashabbusli byudjet” jarayonida g‘olib deb topilgan loyiha doirasidagi ishlarning amalga oshirilish holatini o‘rganish hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi va ishlarning belgilangan vazifalarga muvofiq bajarilishi ustidan deputatlik nazoratini olib borishdan iborat.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan o‘rganishlar va deputatlik nazorati ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 3