Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
LUTFIY MAHALLASIDAGI ICHKI KO‘CHALAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLINING IJTIMOIY HIMOYASI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
DEPUTAT BEK-TO‘PI MAHALLASIDA OBODONCHILIK VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI BILAN TANISHDI
янв.21
DEPUTAT ISHTIROKIDA: BEK-TO‘PI MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Mahallada xavfsizlik va osoyishtalik — ustuvor vazifa
янв.21
LUTFIY MAHALLASIDA MAVJUD MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
🌿 “YASHIL MAKON” — OBOD MAHALLA VA SOG‘LOM MUHIT SARI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN FUQARONING YASHASH SHAROITI YAXSHILANDI
Taqachi mahallasida yakuniga yetkazilmagan yo‘l qoplamasi masalasi o‘rganildi

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Kotibiyat_hududlarda #haftalik_ish_reja_ijrosi #ekspert_guruhlari

Taqachi mahallasida yakuniga yetkazilmagan yo‘l qoplamasi masalasi o‘rganildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati tomonidan hududlarda olib borilayotgan deputatlik nazorati doirasida Taqachi mahallasi Zulfizar ko‘chasining 123-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi oldidan o‘tgan qismidagi yo‘l qoplamasi holati o‘rganildi.

📍 Joyiga chiqib o‘rganish davomida issiqlik tizimini yangilash ishlari olib borilgan hududda asfalt qoplamasini tiklash ishlari to‘liq yakuniga yetkazilmaganligi aniqlandi.

💼 Mazkur o‘rganishda Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov, Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zolari hamda tegishli mas’ullar ishtirok etdi.

📁 Mazkur o'rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta tavsiyaviy savolnomasi asosida tashkil etilib, o‘rganish jarayonida yo‘lning foydalanish uchun qulayligi, maktab oldidagi hududda harakatlanish xavfsizligi hamda bajarilgan ishlarning yakuniy holatiga alohida e’tibor qaratildi.

📝 Aniqlangan kamchilik yuzasidan tuman issiqlik tizimi mas’ullariga asfalt qoplamasini tiklash ishlarini jadallashtirish, qolgan qismini qisqa muddatda va sifatli yakunlash hamda hududni tartibga keltirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

📈 Mazkur masalaning ijrosi Kengash kotibiyati tomonidan nazoratga olinib, ishlar yakunlangach, hududning holati qayta o‘rganilishi belgilandi.

Slide 1 of 7