Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🇺🇿🤝XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTA DAVOMIDA FAOLLIK KO‘RSATGAN DEPUTATLARI:
янв.21
CHILONZOR (5-9- oktabr ) 🤝XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTA DAVOMIDA FAOLLIK KO‘RSATGAN DEPUTATLARI:
янв.21
UMUMTA’LIM MAKTABLARINING SPORT ZALLARI VA SPORT JIHOZLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI INOBATGA OLINIB, YO‘LLARNI TA’MIRLASH UCHUN MABLAG‘ YO‘NALTIRILDI
янв.21
#doimiykomissiya “TASHABBUSLI BYUDJET” DOIRASIDA TA’MIRLASH ISHLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
#doimiykomissiya 188-SONLI MAKTABDA “TASHABBUSLI BYUDJET” LOYIHASI DOIRASIDA AMALGA OSHIRILGAN TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI INOBATGA OLINIB, YO‘LLARNI TA’MIRLASH UCHUN MABLAG‘ YO‘NALTIRILDI
янв.21
KENGASH HAQIDA BILASIZMI?
янв.21
DEPUTAT ISHTIROKIDA “SHUKRONALIK” MA’RIFIY TADBIRI O‘TKAZILDI
Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zXDP a’zosi Gulchexra Axmedova “Alisherobod” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabulda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimining birinchi o‘rinbosari A.Gulyamov hamda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB mas’ullari ishtirok etib “Alisherobod” mahallasida Ijtimoiy himoya yagona reyestrida ro‘yxatda turuvchi fuqarolar bilan uchrashdi.

Uchrashuvlarda oilalarning ijtimoiy holati, daromad manbalari va turmush sharoitlari atroflicha o‘rganildi. Muloqotlar davomida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda oilalar daromadlarini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Fuqarolarning murojaatlari, muammo va takliflari tinglanib, ularni ishga joylashtirish, moddiy yordam ko‘rsatish hamda ijtimoiy masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.

Shuningdek, har bir murojaat bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli topshiriqlar belgilab olindi.

Slide 1 of 3