Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🇺🇿🤝XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTA DAVOMIDA FAOLLIK KO‘RSATGAN DEPUTATLARI:
янв.21
CHILONZOR (5-9- oktabr ) 🤝XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTA DAVOMIDA FAOLLIK KO‘RSATGAN DEPUTATLARI:
янв.21
UMUMTA’LIM MAKTABLARINING SPORT ZALLARI VA SPORT JIHOZLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI INOBATGA OLINIB, YO‘LLARNI TA’MIRLASH UCHUN MABLAG‘ YO‘NALTIRILDI
янв.21
#doimiykomissiya “TASHABBUSLI BYUDJET” DOIRASIDA TA’MIRLASH ISHLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
#doimiykomissiya 188-SONLI MAKTABDA “TASHABBUSLI BYUDJET” LOYIHASI DOIRASIDA AMALGA OSHIRILGAN TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI INOBATGA OLINIB, YO‘LLARNI TA’MIRLASH UCHUN MABLAG‘ YO‘NALTIRILDI
янв.21
KENGASH HAQIDA BILASIZMI?
янв.21
DEPUTAT ISHTIROKIDA “SHUKRONALIK” MA’RIFIY TADBIRI O‘TKAZILDI
Yangiqishloq mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha vazifalar belgilandi

🏘 Yangiqishloq mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha vazifalar belgilandi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Tuychiyeva Dilshoda Daminovna tomonidan Yangiqishloq mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha faoliyat rejasi belgilandi.
📌 Mazkur faoliyat doirasida viloyat Kengashidan mas’ul deputat — A. Surmanov, biriktirilgan mas’ul tashkilot — tuman elektr tarmoqlari korxonasi etib belgilangan.
👥 Mahalla yettiligi:
🔹 J. Ravshanov — mahalla raisi;
🔹 O. Ganiyev — hokim yordamchisi;
🔹 M. Bozorova — yoshlar yetakchisi;
🔹 N. Bekmurodova — xotin-qizlar faoli;
🔹 J. Farmonov — profilaktika inspektori;
🔹 I. Eshonqulov — ijtimoiy xodim;
🔹 U. Mahmadiyorov — soliq inspektori.
📊 Ijtimoiy reestrda 43 ta oila mavjud bo‘lib, shundan 28 tasi davlat ta’minotida, 15 tasi kambag‘al oilalar hisoblanadi.
🤝 Ijtimoiy xizmatlar va bandlik
Faoliyat rejasiga muvofiq:
🔹 6 nafar oila a’zosiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish;
🔹 9 nafar a’zoni ta’lim xizmatlari, jumladan, fan to‘garaklari va maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish;
🔹 10 nafar a’zoga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish;
🔹 9 nafar fuqaroni daromadli mehnat bilan ta’minlash;
🔹 ijtimoiy reestrdagi 8 ta oilaning yashash sharoitini yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rish;
🔹 mahalladagi 25 nafar ishsiz fuqaroni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish orqali barqaror daromad manbaini yaratish;
🔹 10 ta mikroloyihani tashkil etish orqali kamida 18 ta yangi ish o‘rni yaratish;
🔹 uzoq muddat mehnat migratsiyasida bo‘lgan 25 nafar fuqaroning oila a’zolari bilan manzilli ishlash, kam daromadli fuqarolarni qaytarish va ularning bandligini ta’minlash choralarini ko‘rish belgilangan.
🏗 Infratuzilmani yaxshilash
Yangikishloq mahallasi infratuzilmasini yaxshilash hamda mahallalarni bog‘lovchi avtomobil yo‘lini ta’mirlash doirasida:
🔸 1 dona transformator punktini mukammal ta’mirlash;
🔸 5 km uzunlikdagi yo‘lni mukammal asfaltlab ta’mirlash;
🔸 ichki ko‘chalarda tozalash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish;
🔸 ariqlarni tozalash ishlari rejalashtirilgan.
📅 Mazkur vazifalarni amalga oshirish muddati 1-noyabrgacha etib belgilangan bo‘lib, ijrosi har ikki haftada monitoring qilib boriladi.
🎯 Faoliyat rejasining asosiy maqsadi — Yangikishloq mahallasida aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, oilalarning yashash sharoitlarini yaxshilash hamda hudud infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan ishlarni tizimli tashkil etishdan iborat.

Slide 1 of 1