Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KENGASH HAQIDA BILASIZMI?
янв.21
DEPUTAT ISHTIROKIDA “SHUKRONALIK” MA’RIFIY TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
#Muhim_QARORLAR Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish o'rganilmoqda. 🕌HAYROBOD ESHON ZIYORATGOHINING SAQLANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
➡️O‘RGANISH → MUAMMO → NAZORAT → NATIJA
янв.21
🆘🆘 Guliston mahallasida SOS tugmasining ishlash holati o‘rganildi
янв.21
FUQAROLAR BILAN OCHIQ MULOQOT
янв.21
DEPUTAT AXBOROT BERDI. 2026-YIL III CHORAKDA DEPUTAT TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI BO‘YICHA MUAMMOLAR BARTARAF ETILADI
янв.21
Guliston mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Obod mahalla — farovon hayot sari muhim qadam
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #doimiy_komissiya_faoliyati #ekspert_guruhi #deputat_faoliyati Termiz shahrida olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari deputatlar tomonidan o‘rganildi
Termiz shahrining me’moriy qiyofasini yanada ko‘rkamlashtirish, ko‘cha va mahallalarda obodonlik, tozalik va tartibni ta’minlash, shuningdek, aholi uchun qulay va zamonaviy infratuzilmani shakllantirish borasidagi ishlar mahalliy Kengash deputatlari tomonidan izchil nazorat qilib borilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda Kengashning Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, ekspert guruhi rahbari A.Mustafakulov tomonidan shaharda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:

Tozalik va sanitariya holati — markaziy va ichki ko‘chalar, piyodalar yo‘laklari, jamoat joylari hamda hududlarda obodonchilik ishlarining tashkil etilishi;

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari — “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt va manzarali o‘simliklarning parvarishi, yashil hududlarni saqlash hamda sug‘orish tizimlarining holati;

Yo‘l va piyodalar infratuzilmasi — trotuarlarning holati, ta’mirlash va qayta tiklash ishlari hamda ko‘chalar ko‘rinishini yaxshilash choralari;

Hududlarning umumiy obodonligi — ko‘cha va mahallalardagi mavjud kamchiliklarni aniqlash, ularni bartaraf etish hamda amalga oshirilayotgan ishlarning sifatini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarining sifatini oshirish, hududlarda tozalik va tartibni muntazam ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilot va xizmatlar vakillariga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Deputatlik nazorati — hududlar obodligi, infratuzilma sifati va aholi uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlashning muhim omilidir.
Slide 1 of 3