Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KENGASH HAQIDA BILASIZMI?
янв.21
DEPUTAT ISHTIROKIDA “SHUKRONALIK” MA’RIFIY TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
#Muhim_QARORLAR Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish o'rganilmoqda. 🕌HAYROBOD ESHON ZIYORATGOHINING SAQLANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
➡️O‘RGANISH → MUAMMO → NAZORAT → NATIJA
янв.21
🆘🆘 Guliston mahallasida SOS tugmasining ishlash holati o‘rganildi
янв.21
FUQAROLAR BILAN OCHIQ MULOQOT
янв.21
DEPUTAT AXBOROT BERDI. 2026-YIL III CHORAKDA DEPUTAT TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI BO‘YICHA MUAMMOLAR BARTARAF ETILADI
янв.21
Guliston mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Obod mahalla — farovon hayot sari muhim qadam
Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining III chaqiriq o‘ttiz beshinchi sessiyasiga bag‘ishlangan doimiy komissiya yig‘ilishida navbatdagi masala ko'rib chiqildi

#doimiy_komissiya #ekspert_guruhlari

Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining III chaqiriq o‘ttiz beshinchi sessiyasiga bag‘ishlangan doimiy komissiya yig‘ilishida navbatdagi masala ko'rib chiqildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining Ijtimoiy sohalar, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda:

📁 “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Uchtepa tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan 2026-yil birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida” Uchtepa tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori G'.Eshatovning hisoboti eshitilib, muhokama qilindi hamda atroflicha ko‘rib chiqildi.

💬 Doimiy komissiya raisi Saodat Dusmuxamedova hamda doimiy komissiya a’zolari — I.Abdullayev hamda Z.Xaydarovalar hisobotni tinglab, tumanda aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sifati, ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar bilan manzilli ishlash hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlarning samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan savollar berdilar.

📇 Savol-javoblar jarayonida aholining ijtimoiy ehtiyojlarini o‘rganish, fuqarolarga zarur ijtimoiy yordamlarni o‘z vaqtida va manzilli yetkazish, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar hamda boshqa ehtiyojmand toifadagi fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

🫥 Shuningdek, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish jarayonida aniqlangan muammolar, ularni bartaraf etish choralari, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, xizmatlar sifatini yaxshilash hamda amalga oshirilayotgan ishlar ustidan samarali nazoratni kuchaytirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

💼 Mazkur doimiy komissiya yig‘ilishida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zolari, tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Usmanov va U.Abilovlar ishtirok etdilar. Muhokamalar yakunida doimiy komissiya deputatlari tomonidan mazkur masalani sessiya kun tartibiga kiritish yuzasidan qarorlar qabul qilindi.

✅ Mazkur masala tumanda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati va manzilliligini oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda sohada samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan tizimli ishlarni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3