Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Mahmudova Donoxon Artikovna tomonidan 2-Charx Kamolon mahallasida aholi, xususan, ijtimoiy ko‘makka ehtiyoji mavjud fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Jarayon davomida mahalladagi ijtimoiy xodimning faoliyati, aholining ehtiyojmand toifalarini aniqlash, ularga tegishli xizmatlarni tashkil etish, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda mablag‘larni belgilangan tartibda yetkazib berish masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘rganish yakunida ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi va samaradorligini ta’minlash, fuqarolarning murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligi qayd etildi.