Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati, shahar hokimi M.Usmonov tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning ijtimoiy va maishiy muammolari, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq masalalari tinglandi. Murojaatlar mas’ul rahbarlar hamda mahalla tizimi mutasaddilari ishtirokida o‘rganilib, imkon qadar joyida hal etish choralariga e’tibor qaratildi.

Xususan, fuqarolardan ishga joylashish, davolanish uchun moddiy yordam ko‘rsatish, uy-joy va kadastr masalalari yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.

Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan kredit mablag‘laridan foydalanish hamda yer-mulk masalalari bo‘yicha bildirilgan murojaatlar ham ko‘rib chiqildi.

Qabul davomida murojaatlarning bir qismi ijobiy hal etilib, qolgan masalalarni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish yuzasidan mas’ul mutasaddilarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 8