Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
LUTFIY MAHALLASIDAGI ICHKI KO‘CHALAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLINING IJTIMOIY HIMOYASI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
DEPUTAT BEK-TO‘PI MAHALLASIDA OBODONCHILIK VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI BILAN TANISHDI
янв.21
DEPUTAT ISHTIROKIDA: BEK-TO‘PI MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Mahallada xavfsizlik va osoyishtalik — ustuvor vazifa
янв.21
LUTFIY MAHALLASIDA MAVJUD MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
🌿 “YASHIL MAKON” — OBOD MAHALLA VA SOG‘LOM MUHIT SARI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN FUQARONING YASHASH SHAROITI YAXSHILANDI
#Kengash_raisi_deputat_sifatida #saylovchilari_bilan_o‘chrashdi #mahalla_ettilik #hisoboti_eshitildi

Oltinsoy tumanidagi “Xayrondara” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligining hisobot yig‘ilishi hamda deputatning saylovchilar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va mahalliy Kengashlar tomonidan qabul qilingan “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning mahalla yettiligi bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalla darajasida ijro intizomi va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.

Hisobot yig‘ilishi va muloqotda Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi raisi, 22-“Mingchinor” saylov okrugidan saylangan deputat Turdiyev Akrom Abdimuratovich ishtirok etdi.

🏛 MAHALLA YETTILIGI HISOBOTI ESHITILDI

Tadbir davomida “Xayrondara” MFY yettiligi a’zolari — mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar etakchisi, ijtimoiy xodim, profilaktika inspektori va soliq inspektorining amalga oshirgan ishlari hamda kelgusidagi rejalari yuzasidan axborotlari eshitildi:

·📈 Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish: Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash borasidagi ko‘rsatkichlar;
·🤝 Ijtimoiy himoya: Kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarga manzilli yordam ko‘rsatish, “Ijtimoiy daftar”lar bilan ishlash tizimi;
·👮‍ Jamoat xavfsizligi: Mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda profilaktik tadbirlar natijadorligi;
·📊 Soliq tushumlari: Mahalliy soliqlar tushumini ta’minlash va moliyaviy intizomni mustahkamlash masalalari.

🗣 SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT VA MUROJAATLAR

Hisobot yig‘ilishidan so‘ng deputat A.A.Turdiyev saylovchilar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda mahalla aholisi tomonidan hududidagi dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalar va infratuzilma muammolari atroflicha o‘rtaga tashlandi.

Muloqot yakunida:

·🔹 Aholi bildirgan murojaatlarni chuqur o‘rganish va bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasi belgilandi;
·📬 Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar bo‘yicha tegishli mas’ul korxona va tashkilotlarga deputatlik so‘rovnomalari yuborilishi ta’kidlandi;
·🔎 Murojaatlarning ijrosi deputat va mahalla faollari tomonidan qat’iy nazoratga olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 10