Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
LUTFIY MAHALLASIDAGI ICHKI KO‘CHALAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLINING IJTIMOIY HIMOYASI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
DEPUTAT BEK-TO‘PI MAHALLASIDA OBODONCHILIK VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI BILAN TANISHDI
янв.21
DEPUTAT ISHTIROKIDA: BEK-TO‘PI MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Mahallada xavfsizlik va osoyishtalik — ustuvor vazifa
янв.21
LUTFIY MAHALLASIDA MAVJUD MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
🌿 “YASHIL MAKON” — OBOD MAHALLA VA SOG‘LOM MUHIT SARI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN FUQARONING YASHASH SHAROITI YAXSHILANDI
янв.21
FUTBOL MUSOBAQASI BO'LIB O'TDI
Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi

Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov hamda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamalov tomonidan “Obi hayot” mahallasi hududida joylashgan Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida olib borilayotgan qurilish va kapital ta’mirlash ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida tibbiyot muassasasini zamonaviy qiyofaga keltirish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda davolash jarayonlari uchun xalqaro talablarga mos shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Qayd etilganidek, loyiha doirasida iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmagan eski binolar o‘rnida zamonaviy me’moriy yechimlar asosida 9 qavatli yangi davolash korpusi barpo etilmoqda. Mazkur bino yuqori texnologik tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lib, unda 200 qatnovli poliklinika, qabul va diagnostika bo‘limi, jarrohlik, urologiya, gastroenterologiya, ginekologiya, kardiojarrohlik, gistologiya, patanatomiya, yiringli jarrohlik hamda transplantologiya bo‘limlarini joylashtirish rejalashtirilgan.

O‘rganish yakunida qurilish-montaj ishlarini belgilangan muddatlarda, sifatli va loyiha talablari asosida yakunlash, aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish hamda qurilish jarayonlari ustidan tizimli nazoratni kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Mazkur loyiha hudud aholisi uchun zamonaviy, qulay va yuqori sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5