Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI INOBATGA OLINIB, YO‘LLARNI TA’MIRLASH UCHUN MABLAG‘ YO‘NALTIRILDI
янв.21
#doimiykomissiya “TASHABBUSLI BYUDJET” DOIRASIDA TA’MIRLASH ISHLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
#doimiykomissiya 188-SONLI MAKTABDA “TASHABBUSLI BYUDJET” LOYIHASI DOIRASIDA AMALGA OSHIRILGAN TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI INOBATGA OLINIB, YO‘LLARNI TA’MIRLASH UCHUN MABLAG‘ YO‘NALTIRILDI
янв.21
KENGASH HAQIDA BILASIZMI?
янв.21
DEPUTAT ISHTIROKIDA “SHUKRONALIK” MA’RIFIY TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT MUHOFAZASIDAGI 128-SONLI MAKTABDA MADANIY MEROS OBYEKTINI ASRASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
#Muhim_QARORLAR Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish o'rganilmoqda. 🕌HAYROBOD ESHON ZIYORATGOHINING SAQLANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
➡️O‘RGANISH → MUAMMO → NAZORAT → NATIJA
янв.21
🆘🆘 Guliston mahallasida SOS tugmasining ishlash holati o‘rganildi
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Deputatlik so‘rovi yuborildi

Fuqarolar bilan uchrashuvlar va o‘rganishlar davomida Ahnor va Tinchlik ko‘chalarida yashovchi fuqarolarning elektr kuchlanishining pastligi bilan bog‘liq murojaati kelib tushdi.

Murojaatda ayrim vaqtlarda elektr energiyasidan to‘liq va barqaror foydalanishda qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani bildirilgan.

Mazkur masala yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.

So‘rovda:
🔹 elektr tarmoqlari va transformator qurilmalarining texnik holatini o‘rganish;
🔹 tarmoqdagi elektr kuchlanish darajasini aniqlash;
🔹 past kuchlanishga sabab bo‘layotgan omillarni belgilash;
🔹 aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish;
🔹 zarur hollarda elektr tarmoqlarini ta’mirlash va quvvatini yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rish so‘raldi.

Shuningdek, ko‘rilgan choralar va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tegishli ma’lumot taqdim etilishi so‘raldi.
Aholining murojaatlari va muammolarini o‘rganish hamda ularning yechimini topish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.