Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🇺🇿🤝XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTA DAVOMIDA FAOLLIK KO‘RSATGAN DEPUTATLARI:
янв.21
CHILONZOR (5-9- oktabr ) 🤝XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTA DAVOMIDA FAOLLIK KO‘RSATGAN DEPUTATLARI:
янв.21
UMUMTA’LIM MAKTABLARINING SPORT ZALLARI VA SPORT JIHOZLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI INOBATGA OLINIB, YO‘LLARNI TA’MIRLASH UCHUN MABLAG‘ YO‘NALTIRILDI
янв.21
#doimiykomissiya “TASHABBUSLI BYUDJET” DOIRASIDA TA’MIRLASH ISHLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
#doimiykomissiya 188-SONLI MAKTABDA “TASHABBUSLI BYUDJET” LOYIHASI DOIRASIDA AMALGA OSHIRILGAN TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI INOBATGA OLINIB, YO‘LLARNI TA’MIRLASH UCHUN MABLAG‘ YO‘NALTIRILDI
янв.21
KENGASH HAQIDA BILASIZMI?
янв.21
DEPUTAT ISHTIROKIDA “SHUKRONALIK” MA’RIFIY TADBIRI O‘TKAZILDI
Kengash_faoliyati
#sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar
#haftalik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#6_band
#162_qonun
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati

“Saroy” mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati tahlil qilindi

Mahallalarda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni tazyiq va zo‘ravonlikdan asrash, ijtimoiy muammolarini o‘z vaqtida aniqlash hamda manzilli ko‘mak ko‘rsatish borasidagi ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyatga ega.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi E.Eshonqulov, Kengashning 3-“Saroy” saylov okrugi deputati O.Allaberdiyev okrugiga qarashli “Saroy” mahallasida bo‘lib, mahalla xotin-qizlarning bugungi kundagi faoliyati bilan tanishdi.

Mazkur jarayon “24 ta muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etilib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholi bilan ishlash holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-561-sonli “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida ko‘rib chiqildi.

Jumladan, xotin-qizlarning muammolarini aniqlash va manzilli ishlash, ehtiyojmand ayollarni qo‘llab-quvvatlash, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar bilan ishlash, ularning huquqiy va ijtimoiy himoyasini ta’minlash borasidagi faoliyatga e’tibor qaratildi.

Tahlil davomida xotin-qizlar bilan individual ishlash, ularning murojaatlarini o‘rganish, huquqiy savodxonligini oshirish, oilaviy nizolarning oldini olish hamda og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berilib, belgilangan vazifalarni samarali tashkil etish, xotin-qizlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash — mahalla faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.