Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“DEPUTAT MAHALLA MUAMMOLARI BILAN ISHLAYDI: ENDI NIMA O‘ZGARADI?”
янв.21
37-OILAVIY POLIKLINIKADA TA’MIRLASH ISHLARI AMALGA OSHIRILADI
янв.21
YOSHLARGA E’TIBOR — KELAJAKKA E’TIBOR!
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET”: SPORT MARKAZI UCHUN 1,648 MLN SO‘M YO‘NALTIRILDI
янв.21
Kengashning nazorat faoliyati ikki xil bo‘lishi kerak:
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” G‘OLIBLARI UCHUN MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET”: OITS MARKAZI QOSHIDAGI KLINIKA UCHUN YANGI OMBORXONA QURILADI
янв.21
Doimiy komissiya uchun “QO‘LLANMA”
янв.21
“AYOLLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN XOTIN-QIZLAR UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘ MAQSADLI SARFLANDI
🔰XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI – DEPUTATLIK NAZORATIDA

🔰XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI – DEPUTATLIK NAZORATIDA

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R. Murodov hamkorligida “Mustaqillik” mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
✔️O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlarning muammolarini aniqlash va ularni hal etish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj ayollar bilan manzilli ishlash, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
✔️Shuningdek, xotin-qizlar faoli tomonidan ehtiyojmand oilalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar va turli muammolarga duch kelayotgan xotin-qizlar bilan individual ishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi. Murojaatlarni o‘rganish, mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va ayollarning ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
✔️O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish hamda muammolarni manzilli hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
✔️Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4