Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
37-OILAVIY POLIKLINIKADA TA’MIRLASH ISHLARI AMALGA OSHIRILADI
янв.21
“DEPUTAT MAHALLA MUAMMOLARI BILAN ISHLAYDI: ENDI NIMA O‘ZGARADI?”
янв.21
YOSHLARGA E’TIBOR — KELAJAKKA E’TIBOR!
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET”: SPORT MARKAZI UCHUN 1,648 MLN SO‘M YO‘NALTIRILDI
янв.21
Kengashning nazorat faoliyati ikki xil bo‘lishi kerak:
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” G‘OLIBLARI UCHUN MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET”: OITS MARKAZI QOSHIDAGI KLINIKA UCHUN YANGI OMBORXONA QURILADI
янв.21
Doimiy komissiya uchun “QO‘LLANMA”
янв.21
“AYOLLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN XOTIN-QIZLAR UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘ MAQSADLI SARFLANDI
Kambag‘allik reyestridagi oilalar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar tahlil qilindi

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi

Kambag‘allik reyestridagi oilalar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar tahlil qilindi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashidagi O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi deputatlik guruhi a’zosi, “14-O‘rikzor” saylov okrugi deputati Abdushukurov Abdurashid Abduxamidovich tomonidan saylov okrugi hududidagi Ko‘ksaroy va O‘rikzor mahallalarida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

📇 O‘rganish davomida mahallalardagi hokim yordamchilari, ijtimoiy xodimlar hamda xotin-qizlar faollari bilan birgalikda kambag‘allik reyestriga kiritilgan oilalarni reyestrdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

🧠 Jarayonda har bir oilaning mavjud muammolarini o‘rganish, ularni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash hamda oilalarning daromad manbalarini oshirish orqali kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan manzilli ishlarni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

📁 Mazkur o'rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta tavsiyasi hamda Kengashning haftalik ish rejasi doirasida tashkil etilib, o‘rganish yakunlari bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilanib, amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5