Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
37-OILAVIY POLIKLINIKADA TA’MIRLASH ISHLARI AMALGA OSHIRILADI
янв.21
“DEPUTAT MAHALLA MUAMMOLARI BILAN ISHLAYDI: ENDI NIMA O‘ZGARADI?”
янв.21
YOSHLARGA E’TIBOR — KELAJAKKA E’TIBOR!
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET”: SPORT MARKAZI UCHUN 1,648 MLN SO‘M YO‘NALTIRILDI
янв.21
Kengashning nazorat faoliyati ikki xil bo‘lishi kerak:
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” G‘OLIBLARI UCHUN MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET”: OITS MARKAZI QOSHIDAGI KLINIKA UCHUN YANGI OMBORXONA QURILADI
янв.21
Doimiy komissiya uchun “QO‘LLANMA”
янв.21
“AYOLLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN XOTIN-QIZLAR UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘ MAQSADLI SARFLANDI
XONADONDA QUYOSH PANELLARI — ENERGIYA SAMARADORLIGI VA DAROMAD MANBAI

Bugungi kunda energiya resurslaridan oqilona foydalanish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish va xonadonlarda energiya samaradorligini oshirish dolzarb masalalardan biridir.

Shu yo‘nalishda Xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashi deputati A. Isroilov tomonidan Shodlik mahallasidagi xonadonlardan birida o‘rnatilgan quyosh panellari faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida quyosh panellaridan foydalanish orqali xonadonning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qoplash, energiya xarajatlarini kamaytirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish holati ko‘zdan kechirildi.

Xonadon egasi bilan suhbat davomida quyosh panellaridan foydalanish natijasida erishilayotgan iqtisodiy samaradorlik, ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalanish hamda ortiqcha energiyani belgilangan tartibda realizatsiya qilish orqali qo‘shimcha daromad olish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning xonadon uchun iqtisodiy manfaatlari, elektr ta’minotidagi barqarorlikni ta’minlash va energiya resurslarini tejashdagi ahamiyatiga e’tibor qaratildi.

Quyosh panellaridan foydalanish — energiyani tejash bilan birga, xonadonlar uchun iqtisodiy samaradorlikni oshirish va qo‘shimcha daromad manbaini shakllantirish imkonini beruvchi amaliy yo‘nalishlardan biridir.

Slide 1 of 2