Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“DEPUTAT MAHALLA MUAMMOLARI BILAN ISHLAYDI: ENDI NIMA O‘ZGARADI?”
янв.21
37-OILAVIY POLIKLINIKADA TA’MIRLASH ISHLARI AMALGA OSHIRILADI
янв.21
YOSHLARGA E’TIBOR — KELAJAKKA E’TIBOR!
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET”: SPORT MARKAZI UCHUN 1,648 MLN SO‘M YO‘NALTIRILDI
янв.21
Kengashning nazorat faoliyati ikki xil bo‘lishi kerak:
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” G‘OLIBLARI UCHUN MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET”: OITS MARKAZI QOSHIDAGI KLINIKA UCHUN YANGI OMBORXONA QURILADI
янв.21
Doimiy komissiya uchun “QO‘LLANMA”
янв.21
“AYOLLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN XOTIN-QIZLAR UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘ MAQSADLI SARFLANDI
XONADONDA CHORVACHILIK — DAROMAD VA BANDLIK MANBAI

Bugungi kunda aholi xonadonlarida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, doimiy daromad manbalarini yaratish va oilalar farovonligini oshirish muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashi deputati A. Isroilov tomonidan Shodlik mahallasida imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan nasldor chorva mollari xarid qilgan Bashmanov Jo'raqul xonadoni faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida xonadonda chorva mollarini parvarishlash va boqish uchun yaratilgan sharoitlar, kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish holati hamda chorvachilik yo‘nalishini kelgusida rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Xonadon egasi bilan suhbat davomida chorva bosh sonini ko‘paytirish, nasldor chorvachilikni rivojlantirish, mahsulot yetishtirish hajmini oshirish va oilaning daromadini ko‘paytirish bo‘yicha rejalari muhokama qilindi.

Ayniqsa, chorvachilikni nafaqat xonadon ehtiyojini ta’minlovchi faoliyat, balki kelgusida barqaror daromad va qo‘shimcha bandlik manbaiga aylantirish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan xonadonda boshlangan faoliyatni izchil rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda chorvachilik yo‘nalishidagi ishlarni yanada kengaytirish yuzasidan tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 2