Mirzacho‘l tumanida aholi o‘rtasida tinchlik-osoyishtalikni qadrlash, yurtimizdagi barqaror muhitni asrash hamda inson farovonligiga qaratilgan ezgu sa’y-harakatlarni keng targ‘ib etish maqsadida «Shukronalik» ma’naviy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi.
🤝 Tadbirda Senator N. Pardayev, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etib, mahalla aholisi bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordilar.
💬 Muloqotlar davomida tinchlik va osoyishtalikning qadr-qimmati, jamiyatda o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni mustahkamlash, aholi farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr almashildi.