35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

AHOLI MUROJAATI ASOSIDA 81-UY OLDI YO‘LI HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Muhammedova Barno Farxodovna Qozirobod mahallasida bo‘lib, aholi murojaati asosida 81-uy oldidagi yo‘l holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida mazkur hududdagi beton yo‘l qoplamasining holati ko‘zdan kechirildi. Aholi tomonidan yo‘l qoplamasi talab darajasida emasligi, hudud aholisi uchun qulay va xavfsiz harakatlanishni ta’minlash maqsadida yo‘lni asfaltlashtirish zarurligi bildirildi.

Deputat aholi murojaatini joyiga chiqqan holda o‘rganib, yo‘lni asfaltlashtirish masalasini tegishli tashkilotlar bilan ko‘rib chiqish hamda mavjud muammoni hal etish bo‘yicha takliflar bildirdi.

Aholi murojaatlari — amaliy e’tibor va o‘rganishlar markazida!

Slide 1 of 2