📌 Deputat maqolasi “O‘zbekiston ovozi” gazetasida chop etildi
✔️ Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati F. Rahimovaning “Mustaqil O‘zbekiston — yurt qadri, el farovonligi, mustaqillikni asrash mas’uliyati” mavzusidagi maqolasi “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 34-sonida chop etildi.
🇺🇿 Maqolada O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xalq farovonligini ta’minlash, inson qadrini ulug‘lash va Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida erishilayotgan natijalar haqida so‘z yuritilgan.
⚡️ Mazkur maqola mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, bugungi taraqqiyot jarayonlari hamda yurt ravnaqi va xalq farovonligini ta’minlash yo‘lidagi ustuvor vazifalar haqida muhim fikr va mulohazalarni o‘zida mujassam etgan.