Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
LUTFIY MAHALLASIDAGI ICHKI KO‘CHALAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLINING IJTIMOIY HIMOYASI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
DEPUTAT BEK-TO‘PI MAHALLASIDA OBODONCHILIK VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI BILAN TANISHDI
янв.21
DEPUTAT ISHTIROKIDA: BEK-TO‘PI MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Mahallada xavfsizlik va osoyishtalik — ustuvor vazifa
янв.21
LUTFIY MAHALLASIDA MAVJUD MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
🌿 “YASHIL MAKON” — OBOD MAHALLA VA SOG‘LOM MUHIT SARI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN FUQARONING YASHASH SHAROITI YAXSHILANDI
Fuqarolar murojaati — deputat nazoratida

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #muammoga_yechimlar #ekspert_guruhlari #partiya_guruhlari

Fuqarolar murojaati — deputat nazoratida

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a'zosi, “3-Istirohat” saylov okrugi deputati Xalmatov Bobur Baxodirovich tomonidan Istirohat mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla raisi, faollari hamda tegishli mas’ullar ishtirokida navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

📇 Uchrashuv davomida mahalla faollari tomonidan hududdagi mavjud muammolar, aholi uchun qulay va xavfsiz shart-sharoitlarni ta’minlash, obodonlashtirish hamda hudud tartibini yaxshilash bo‘yicha bir qator masalalar ko‘tarildi.

⚠️ Xususan, Istirohat ko‘chasining oxirgi aylanma harakatlanish qismiga yaqin hududda yashil maydon o‘rtasidan ayrim avtotransport vositalari haydovchilari tomonidan noqonuniy ravishda harakat yo‘nalishi sifatida foydalanilayotgani ta’kidlandi.

📊 Mazkur holat, bir tomondan, yashil hududning zararlanishiga sabab bo‘layotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ushbu hududda istiqomat qilayotgan fuqarolar, ayniqsa, piyodalar uchun noqulaylik va xavfsizlik bilan bog‘liq muammolarni yuzaga keltirayotgani qayd etildi.

📈 Fuqarolarning murojaatini e’tiborsiz qoldirmagan deputat ekspert guruhi a'zolari hamda ishchi guruh bilan birgalikda masalani joyiga chiqib o‘rgandi. O‘rganish davomida mavjud holat ko‘zdan kechirilib, muammoning oldini olish va yashil hududni asrab-avaylash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish zarurligi belgilandi.

📝 Shundan so‘ng tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ullari bilan bog‘lanilib, mazkur hududning kirish va chiqish qismlarini maxsus bordyur to‘siqlar yordamida yopish, shu orqali avtotransport vositalarining yashil maydon orqali harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. Eng muhimi, deputatlik faoliyatida fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, muammoni joyiga chiqib o‘rganish va uning amaliy yechimini ta’minlash ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.

↗️ Bunday amaliy ishlar mahallalarda obodonlashtirish darajasini oshirish, yashil hududlarni asrab-avaylash, piyodalar uchun qulay muhit yaratish hamda aholining kundalik hayotiga ta’sir qilayotgan masalalarni o‘z vaqtida hal etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5