35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24-SESSIYA: DEPUTAT TAKLIF BILDIRDI
янв.21
EKSPERT GURUHI TOMONIDAN QAROR LOYIHASIGA XULOSA BILDIRILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA XULOSALARI TANISHTIRILDI
янв.21
KENGASH SESSIYASIDA ELEKTR TA’MINOTI BO‘YICHA HISOBOT TINGLANDI
янв.21
KENGASH SESSIYASIDA MUHIM QAROR QABUL QILINDI!
янв.21
NOVZA MAHALLASIDA IJTIMOIY REYESTRGA KIRITILGAN OILALAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
OBODONLASHTIRISH VA CHIQINDILARNI OLIB CHIQIB KETISH XIZMATLARI BO‘YICHA MASALA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
CHILONZOR TUMANIDA ELEKTR TA’MINOTI BARQARORLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN NAVBATDAGI QAROR QABUL QILINDI
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA QARORI QABUL QILINDI
“Sohil bo‘yi” drayver loyihasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tumanda drayver loyiha sifatida amalga oshirilayotgan “Sohil bo‘yi” loyihasi doirasidagi bunyodkorlik ishlarining borishi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Mazkur loyiha tumanda aholining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, zamonaviy sayr va dam olish maskanlarini barpo etish, piyodalar hamda velosipedchilar uchun qulay infratuzilma yaratish, hududning sayyohlik va xizmat ko‘rsatish salohiyatini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Ma’lumotlarga ko‘ra, loyihaning umumiy qiymati 16 mlrd so‘mni tashkil etadi. Loyiha doirasida “Navro‘z” va “S. Rahimov” mahallalaridan o‘tgan Ibn Sino ko‘chasining 1,2 km qismida sayilgoh tashkil etish, shuningdek, ko‘chaning 3,4 km qismini 24/7 xizmat ko‘rsatish ko‘chasiga aylantirish rejalashtirilgan. Loyiha doirasida hududda piyodalar va velosipedlar uchun alohida yo‘laklar barpo etish, aholi va tashrif buyuruvchilar uchun zamonaviy o‘rindiqlar o‘rnatish, dekorativ elementlar bilan bezatish, elektron tablo joylashtirish, manzarali daraxtlar ekish hamda avtomobillar uchun avtoturargoh tashkil etish ko‘zda tutilgan.

🔺Deputat tomonidan o‘rganish davomida ayni vaqtda loyiha hududida piyodalar yo‘laklarining asosiy qismini qurish ishlari olib borilayotgani ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, sohil bo‘yida aholining hordiq chiqarishi uchun mo‘ljallangan istirohat bog‘ini barpo etish ishlari ham davom ettirilmoqda.

🔺O‘rganish jarayonida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining sifati, belgilangan loyiha yechimlariga muvofiqligi hamda hududdan kelgusida samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi. Xususan, piyodalar yo‘laklari aholining xavfsiz va erkin harakatlanishini ta’minlashi, dam olish maskanlari esa tashrif buyuruvchilar uchun qulay sharoitlarni yaratishi muhimligi ta’kidlandi.

🔺Shuningdek, loyiha doirasida ko‘zda tutilgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, o‘rindiqlar, dekorativ elementlar, elektron tablo hamda avtoturargoh kabi obyektlarning ham belgilangan tartibda va sifatli tashkil etilishi lozimligi qayd etildi.

Slide 1 of 6