Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
LUTFIY MAHALLASIDAGI ICHKI KO‘CHALAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLINING IJTIMOIY HIMOYASI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
DEPUTAT BEK-TO‘PI MAHALLASIDA OBODONCHILIK VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI BILAN TANISHDI
янв.21
DEPUTAT ISHTIROKIDA: BEK-TO‘PI MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Mahallada xavfsizlik va osoyishtalik — ustuvor vazifa
янв.21
LUTFIY MAHALLASIDA MAVJUD MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
🌿 “YASHIL MAKON” — OBOD MAHALLA VA SOG‘LOM MUHIT SARI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN FUQARONING YASHASH SHAROITI YAXSHILANDI
TADBIRKOR MUAMMOSI JOYIDA O‘RGANILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ-35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishlari davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish 19-Mustaqillik saylov okrugi hududida o‘tkazildi. Saylov okrugi deputati Gafurova Zebixon Sodiqovna Turon MFY, Yangi Farg‘ona ko‘chasida faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkor Qodirov Abdullohning murojaatini joyiga chiqib o‘rgandi.

Murojaatchi ayollar poyabzali ishlab chiqarish yo‘nalishida faoliyat olib borayotgani, biroq aylanma mablag‘ yetishmasligi sababli ishlab chiqarish faoliyatini vaqtincha to‘xtatishga majbur bo‘lganini ma’lum qildi. Tadbirkorning bildirishicha, faoliyatni qayta yo‘lga qo‘yish uchun 100 million so‘m miqdorida kredit mablag‘iga ehtiyoj mavjud.

Mazkur moliyaviy ko‘mak ta’minlangan taqdirda ishlab chiqarishni qayta tiklash, mavjud faoliyatni kengaytirish hamda yil yakuniga qadar qo‘shimcha 4 ta yangi ish o‘rni yaratish imkoniyati mavjud.

Deputat Z.G‘ofurova murojaatchi bilan bevosita suhbatlashib, mavjud muammoni batafsil o‘rgandi. Masalani amaliy hal etish maqsadida shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A.Turdaliyev bilan tezkor bog‘lanilib, tadbirkorning kredit olish imkoniyatlari va murojaatini ijobiy hal etish yuzasidan muhokama o‘tkazildi.

Murojaat deputatning ko‘cha aylanish daftariga belgilangan tartibda qayd etildi. Uning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Bunday o‘rganishlar hududdagi tadbirkorlik subyektlarining muammolarini aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 4