Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 27-sessiyasida qabul qilingan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi qaror ijrosi yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎 O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich hamda Shovot tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari D. Abdullayev ishtirok etdi.
🏘 O‘rganish davomida sessiya qarorida belgilangan mablag‘larning maqsadli va samarali yo‘naltirilishi, infratuzilmani yaxshilash, jamoat xavfsizligini mustahkamlash hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning holati ko‘zdan kechirildi.
📋 Mas’ullarga belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
✅ Sessiya qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha nazorat ishlari davom ettiriladi.