35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha hisobot berildi
янв.21
Chilonzor tumanining 2026-yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yuzasidan hisobot berildi
янв.21
Katta Chilonzor ko‘chasida obodonlashtirish ishlari jadallashmoqda
янв.21
Kengash qarori ijrosi nazoratda: Xonto‘pi mahallasida ichki yo‘llar ta’mirlandi
янв.21
Xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha o‘rganish olib borildi
янв.21
Fidokor mahallasida hududiy o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI
янв.21
Deputatlik nazorati: boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi nazorat ostida: Navbahor mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏫 Maktab infratuzilmasi rivojlantirilib, zamonaviy sharoitlar yaratildi

Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta ustuvor yo‘nalishi doirasida, xususan, umumta’lim maktablarining moddiy-texnik bazasi, sport inshootlari va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish yo‘nalishida muhim loyiha amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyoti banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-141-son qarori asosida Sherobod tumani “Qorabog‘” MFY hududidagi 35-sonli umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish ishlari yakunlanib, obyekt foydalanishga topshirildi.

Loyiha doirasida mavjud 60 o‘rinli bino mukammal ta’mirlandi, shuningdek, o‘quvchilar uchun 12×24 metr o‘lchamdagi zamonaviy sport zali hamda 50 o‘rinli oshxona barpo etildi.
Mazkur bunyodkorlik ishlari natijasida maktab o‘quvchilari uchun ta’lim olishi, sport bilan shug‘ullanishi va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun yanada qulay va zamonaviy sharoitlar yaratildi.

🤝 Tadbirda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 4-“Uch yog‘och-Qorabog‘” saylov okrugi deputati Hashimova Karomat Paqirovna ham ishtirok etdi. Deputat qurilish ishlari boshlanganidan buyon mazkur jarayonni kuzatib, amalga oshirilayotgan ishlarning borishi bilan yaqindan tanishib bordi.

📌 Mazkur loyiha qishloq hududlarida ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish, yosh avlod uchun zamonaviy sharoitlar yaratish hamda sportga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6