35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha hisobot berildi
янв.21
Chilonzor tumanining 2026-yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yuzasidan hisobot berildi
янв.21
Katta Chilonzor ko‘chasida obodonlashtirish ishlari jadallashmoqda
янв.21
Kengash qarori ijrosi nazoratda: Xonto‘pi mahallasida ichki yo‘llar ta’mirlandi
янв.21
Xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha o‘rganish olib borildi
янв.21
Fidokor mahallasida hududiy o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI
янв.21
Deputatlik nazorati: boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi nazorat ostida: Navbahor mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha hisobot berildi

Chilonzor tuman Uy-joy va kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i Sadikov Sherzod Karimjanovich tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-son qarori ijrosi yuzasidan hisobot berildi.
Hisobotda 2026-yilda Chilonzor tumanidagi ko‘p kvartirali uylar tutash hududlarini obodonlashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar haqida ma’lumot berildi. Jumladan:
🔹 20 ta bolalar maydonchasini qurish uchun 6 mlrd 707 mln so‘m;
🔹 1 906 p/metr irrigatsiya tarmoqlarini ta’mirlash uchun 1 mlrd 48,3 mln so‘m;
🔹 4 963 pogon metr yo‘laklarni asfaltlash uchun 595,5 mln so‘m mablag‘ ajratilgan.
Shuningdek, ko‘p qavatli uy-joy fondining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi doirasida uylarning ichki muhandislik tizimlarini yangilash uchun 4 mlrd 431,5 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi belgilangan.
Energiya samaradorligini oshirish maqsadida Toshkent shahrida “Chinoz va Oltiariq” tajribasi asosida Chilonzor tumanidagi 5 ta ko‘p kvartirali uyda fasadlarni bazalt qoplamasi bilan qoplash, tom qismini izolyatsiya qilish, oynalarni yangilash va boshqa energiya tejamkor tadbirlarni amalga oshirish uchun jami 11 mlrd 550,5 mln so‘m mablag‘ ko‘zda tutilgan.
Mazkur chora-tadbirlarning asosiy maqsadi — ko‘p kvartirali uylarning texnik holatini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish, muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini yangilash hamda fuqarolar uchun yanada qulay, xavfsiz va zamonaviy yashash muhitini yaratishdan iborat.