35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha hisobot berildi
янв.21
Chilonzor tumanining 2026-yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yuzasidan hisobot berildi
янв.21
Katta Chilonzor ko‘chasida obodonlashtirish ishlari jadallashmoqda
янв.21
Kengash qarori ijrosi nazoratda: Xonto‘pi mahallasida ichki yo‘llar ta’mirlandi
янв.21
Xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha o‘rganish olib borildi
янв.21
Fidokor mahallasida hududiy o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI
янв.21
Deputatlik nazorati: boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi nazorat ostida: Navbahor mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
🌿 13-UMID SAYLOV OKRUGIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI

🌿 13-UMID SAYLOV OKRUGIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI

Farovon mahallasida umumxalq hashar tadbiri tashkil etildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Fayziyeva Feruza Mardonovna tashabbusi bilan 13-Umid saylov okrugiga qarashli Farovon mahallasida obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan hashar tadbiri tashkil etildi.

🏘 Hashar davomida mahalla hududida joylashgan ko‘p qavatli uylar atrofi obodonlashtirilib, hududdagi chiqindilar tozalandi, yo‘laklar va umumiy foydalanish joylari tartibga keltirildi.

🌳 Shuningdek, yashil hududlarni asrab-avaylash, daraxt va butalarni parvarishlash hamda ko‘p qavatli uylar atrofini yanada ozoda va ko‘rkam holga keltirishga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Tadbirda mahalla faollari, aholi vakillari hamda mas’ullar ishtirok etib, hududni obod saqlash, sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish va jamoatchilik asosida obodonlashtirish ishlarini muntazam davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

✨ Mazkur tashabbus mahallada tozalik va obodonlikni ta’minlash, aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish hamda fuqarolarning hamjihatligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

🌿 Obod mahalla — farovon hayot garovi!

Slide 1 of 5