35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ishchi guruhi tomonidan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli Qonun ijrosini ta’minlash holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida mazkur Qonun talablarining hududda amaliyotga tatbiq etilishi, fuqarolarning yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarini qonuniy tartibda e’tirof etish bilan bog‘liq jarayonlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mavjud muammolar va murojaatlar tahlil qilinib, qonun ijrosini samarali ta’minlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda aniqlangan masalalarni qonuniy tartibda hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2