35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ta’lim sifatini ta’minlashga qaratilgan o‘rganish ishlari
янв.21
128-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA PQ-48-SON QARORI IJROSI TANQIDIY MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Tadbirkorlik subyektlarida bandlik va mehnat sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
CHILONZORDA HASHAR O‘TKAZILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN DORI VOSITALARI ISHLAB CHIQARISH KORXONASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MUHIM MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining navbatdagi 23-sessiyasi 19-avgust, soat 15:00 da bo‘lib o‘tadi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari xalq vakillari nazoratiga olindi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

#huquqiy_axborot_soati

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

🌿 “Tomorqa xoʻjaligi toʻgʻrisida”

📅 Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 26-dekabrda qabul qilingan.
📅 Senat tomonidan 2021-yil 12-martda maʼqullangan.

Aholining tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishini taʼminlash, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish, oilalar daromadini ko‘paytirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash maqsadida “Tomorqa xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan.
Mazkur Qonun tomorqa xoʻjaligi sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi, tomorqa yer uchastkalaridan oqilona foydalanishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda tomorqa xoʻjaligi yurituvchi fuqarolarning huquq va majburiyatlarini mustahkamlaydi.

Qonunning asosiy maqsadlari:

🌱 tomorqa yer uchastkalaridan samarali va oqilona foydalanishni taʼminlash;
✅ aholini sabzavot, poliz, meva va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishga keng jalb etish;
✅ oilalar bandligi va daromadlarini oshirishga koʻmaklashish;
✅ tomorqalarda zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etishni ragʻbatlantirish;
✅ yerning unumdorligini saqlash va ekologik muvozanatni taʼminlash;
✅ tomorqa mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va realizatsiya qilish imkoniyatlarini kengaytirish;
✅ oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash va ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan taʼminlash;
✅ tomorqa xoʻjaligi yurituvchi fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish.

🌾 Tomorqa xoʻjaligi — oilalar farovonligini oshirish, qoʻshimcha daromad manbalarini yaratish, qishloq xoʻjaligini rivojlantirish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashda muhim oʻrin tutadi.

📖 Tomorqa yerlaridan oqilona foydalanish, zamonaviy agrotexnologiyalarni qoʻllash va qonun talablariga rioya qilish — barqaror qishloq xoʻjaligi hamda farovon hayotning muhim omilidir.