35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ta’lim sifatini ta’minlashga qaratilgan o‘rganish ishlari
янв.21
128-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA PQ-48-SON QARORI IJROSI TANQIDIY MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Tadbirkorlik subyektlarida bandlik va mehnat sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
CHILONZORDA HASHAR O‘TKAZILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN DORI VOSITALARI ISHLAB CHIQARISH KORXONASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MUHIM MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining navbatdagi 23-sessiyasi 19-avgust, soat 15:00 da bo‘lib o‘tadi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari xalq vakillari nazoratiga olindi
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “3-Olchin” saylov okrugi deputati A.Ubaydullayev hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi A.Ismoilov tomonidan “Olchin” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 2026-yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida tashabbuskor Muxtorjon o‘g‘li Abduvohid oilaviy korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan oziq-ovqat savdo majmuasi, klinika va dorixona qurish loyihalarining borishi ko‘zdan kechirildi.

Mazkur loyihalarni amalga oshirish uchun bino va inshootlar to‘liq qurib bitkazilgani, oziq-ovqat savdo majmuasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgani aniqlandi. Shuningdek, klinika va dorixonani zarur jihozlar bilan ta’minlash ishlari olib borilmoqda.

Ushbu loyihalarni to‘liq ishga tushirish orqali mahalla aholisiga qo‘shimcha savdo va tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratiladi, yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi hamda aholining kundalik ehtiyojlarini mahallaning o‘zida qondirish imkoniyati kengayadi.

Slide 1 of 6