35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ta’lim sifatini ta’minlashga qaratilgan o‘rganish ishlari
янв.21
128-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA PQ-48-SON QARORI IJROSI TANQIDIY MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Tadbirkorlik subyektlarida bandlik va mehnat sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
CHILONZORDA HASHAR O‘TKAZILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN DORI VOSITALARI ISHLAB CHIQARISH KORXONASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MUHIM MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining navbatdagi 23-sessiyasi 19-avgust, soat 15:00 da bo‘lib o‘tadi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari xalq vakillari nazoratiga olindi
Aholi o‘rtasida mikronutrient yetishmasligi profilaktikasi to‘g‘risidagi Qonun ijrosi o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “18-Do‘rmancha” saylov okrugi deputati A.Umurzaqov hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi U.Raximjonov tomonidan “Do‘rmancha” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan Ko‘chkak oilaviy shifokorlik punktida deputatga biriktirilgan O‘zbekiston Respublikasining “Aholi o‘rtasida mikronutrient yetishmasligi profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida quyidagilar aniqlandi:

▪️ Mikronutrient yetishmasligi profilaktikasiga oid qonunchilik talablari tibbiyot xodimlariga yetkazilgan.
▪️ Mikronutrient yetishmasligi xavfi mavjud bo‘lgan fuqarolar hududdagi 13 ta patronaj hamda 6 ta brigada tomonidan xonadonma-xonadon o‘rganishlar va tibbiy ko‘riklar davomida aniqlab borilmoqda.
▪️ Hozirgi vaqtda hududda mikronutrient yetishmasligi bilan bog‘liq aniqlangan holatlar mavjud emas.
▪️ Mikronutrient preparatlari bilan ta’minlashda uzilishlar kuzatilmayapti. Preparatlarning saqlanish sharoiti va yaroqlilik muddati muntazam nazorat qilinadi.
▪️ Mikronutrient preparatlari katta hamshira xonasida tegishli harorat sharoitida saqlanib, talabnoma asosida berilmoqda.
▪️ Aholi o‘rtasida mikronutrientlar bilan boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlarining ahamiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
▪️ Homilador ayollar, bolalar, o‘smirlar va boshqa ehtiyojmand guruhlarga mikronutrient yetishmasligining oldini olish bo‘yicha alohida tushuntirishlar berib kelinmoqda.

⚠️ Shu bilan birga, o‘rganish jarayonida mikronutrient yetishmasligini aniqlashning zamonaviy usullari va texnologiyalari mavjud emasligi hamda oilaviy shifokorlik punktining ko‘rinarli joylarida mikronutrient yetishmasligi profilaktikasiga oid axborot materiallari mavjud emasligi aniqlandi.

Shuningdek, o‘rganish jarayonida bolalarda mikronutrient yetishmasligini oldini olish bo‘yicha 12-Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

📌 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholining xabardorligini yanada oshirish hamda mikronutrient yetishmasligi profilaktikasi bo‘yicha ishlarni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 9