35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ta’lim sifatini ta’minlashga qaratilgan o‘rganish ishlari
янв.21
128-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA PQ-48-SON QARORI IJROSI TANQIDIY MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Tadbirkorlik subyektlarida bandlik va mehnat sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
CHILONZORDA HASHAR O‘TKAZILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN DORI VOSITALARI ISHLAB CHIQARISH KORXONASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MUHIM MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining navbatdagi 23-sessiyasi 19-avgust, soat 15:00 da bo‘lib o‘tadi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari xalq vakillari nazoratiga olindi
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining "18-Do‘rmancha” saylov okrugi deputati A.Umurzaqov hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi U.Raximjonov tomonidan “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 2026-yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi.

Mazkur mahalla Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 2026-yil 11-fevraldagi VII-18-8-11-152-K/26-sonli qarori bilan og‘ir hudud sifatida belgilangan.

O‘rganish davomida hududda aholi tomorqalarini sug‘orish imkoniyatlarini yaxshilash, suvdan samarali foydalanish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Loyiha doirasida 2 kilometr sug‘orish tarmog‘ini betonlashtirish rejalashtirilgan bo‘lib, belgilangan ishlar to‘liq yakunlangan.

Natijada mahalla aholisi tomorqalarini sug‘orishda yanada qulay sharoitga ega bo‘lib, suvning samarali yetkazib berilishi ta’minlanmoqda.

2 km sug‘orish tarmog‘i betonlashtirildi
Aholining tomorqalarini sug‘orish imkoniyati yaxshilandi
Hudud infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi loyiha yakunlandi

Slide 1 of 3