35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ta’lim sifatini ta’minlashga qaratilgan o‘rganish ishlari
янв.21
128-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA PQ-48-SON QARORI IJROSI TANQIDIY MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Tadbirkorlik subyektlarida bandlik va mehnat sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
CHILONZORDA HASHAR O‘TKAZILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN DORI VOSITALARI ISHLAB CHIQARISH KORXONASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MUHIM MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining navbatdagi 23-sessiyasi 19-avgust, soat 15:00 da bo‘lib o‘tadi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari xalq vakillari nazoratiga olindi
BEPUL BERILADIGAN DORI VOSITALARI BILAN TA’MINLASH VA AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna tomonidan Parkent tumani Ko‘p tarmoqli
markaziy poliklinikasida aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi hamda bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati jamoatchilik nazorati doirasida o‘rganildi.O‘rganish jarayonida savolnoma asosida poliklinikada bepul dori vositalarini qabul qilish, saqlash, hisobini yuritish, aholiga belgilangan tartibda yetkazib berish, dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash hamda tibbiy xizmatlarning o‘z vaqtida ko‘rsatilishi bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.Jumladan, deputat tomonidan Parkent tumani Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi mudiri K.Xoliqovga bepul dori vositalari bilan ta’minlash uchun mas’ul shaxs belgilanganligi, dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojning o‘z vaqtida aniqlanishi hamda bepul dori vositalarining bemorlarga belgilangan tartibda berilishi holati yuzasidan savollar berildi.Mazkur savollarga javoban K. Xoliqov tomonidan poliklinikada bepul dori vositalari bilan ta’minlash jarayoniga mas’ul mutasaddilar belgilanganligi, dori vositalariga bo‘lgan ehtiyoj aniqlanib borilishi hamda bepul dori vositalari bemorlarga belgilangan tartibda yetkazib berilishi haqida ma’lumot berildi.Shuningdek, poliklinika mudiri tomonidan bepul dori vositalari bilan ta’minlash jarayonida asosiy muammo ayrim davrlarda dorilarning uzilib qolishi bilan bog‘liqligi, ta’minotni yaxshilash uchun dori-darmonlarni muassasaga o‘z vaqtida yetkazib berish va ta’minotda uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadga muvofiqligi bildirildi.Shuningdek, muassasada raqamli tibbiy xizmatlarni joriy etish holatiga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, DMED ilovasi orqali oilaviy shifokor qabuliga onlayn yozilish, tashriflar tarixini kuzatish hamda fuqarolar uchun qulay vaqtga elektron navbat belgilash imkoniyatlari amaliy jihatdan o‘rganildi.Tadbir davomida deputat poliklinikaga murojaat bilan kelgan fuqarolar hamda tibbiyot xodimlari, xususan, hamshiralar bilan samimiy muloqotda bo‘lib, ularning muammolari, taklif va ehtiyojlarini tingladi. Muloqot davomida aholining sog‘lig‘ini asrash, tibbiy xizmatlardan foydalanish va bepul dori vositalari bilan ta’minlanish imkoniyatlarini yanada yaxshilash masalalari muhokama qilindi. Bildirilgan murojaat va takliflarni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, masalalarni nazoratga olish belgilandi.O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar va mavjud masalalarni muhokama qilish, bepul dori vositalari bilan ta’minlash hamda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holatini yanada yaxshilash maqsadida Parkent tumani Tibbiyot birlashmasi rahbarining hisobotini tegishli doimiy komissiya yig‘ilishida eshitish belgilandi.Shuningdek, bepul dori vositalari bilan ta’minlashda uzluksizlikni ta’minlash, aholiga tibbiy xizmatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatish hamda aniqlangan masalalarni deputatlik nazoratida
saqlash yuzasidan tegishli choralar belgilandi.
  

Slide 1 of 9