35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ta’lim sifatini ta’minlashga qaratilgan o‘rganish ishlari
янв.21
128-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA PQ-48-SON QARORI IJROSI TANQIDIY MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Tadbirkorlik subyektlarida bandlik va mehnat sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
CHILONZORDA HASHAR O‘TKAZILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN DORI VOSITALARI ISHLAB CHIQARISH KORXONASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MUHIM MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining navbatdagi 23-sessiyasi 19-avgust, soat 15:00 da bo‘lib o‘tadi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari xalq vakillari nazoratiga olindi
IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ FUQAROLAR UCHUN MUNOSIB SHAROIT DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi a’zosi, deputat Sh. Madaminova o‘ziga biriktirilgan Inson ijtimoiy xizmatlari markazining hududlardagi faoliyatini o‘rganish maqsadida Uvaysiy MFYda bo‘lib, ijtimoiy xodim L. Ro‘ziboyeva faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilash, xonadonlarni energiya tejamkorlik talablari asosida ta’mirlash borasida amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Mazkur o‘rganish Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 30-martdagi VII-22-23-11-168-K/26-son qarori ijrosi doirasida tashkil etildi. Qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-son Farmoni hamda 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qarori ijrosini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning uy-joylarini energiya samaradorligi asosida modernizatsiya qilish va yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan.

O‘rganish davomida Uvaysiy MFY, Bayram ko‘chasi, 32-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro O.Avazovning xonadoni ham ko‘zdan kechirildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yil aprel oyida maxsus tuzilgan komissiya tomonidan xonadon o‘rganilib, mavjud muammolar asosida iyun oyida nuqson dalolatnomasi rasmiylashtirilgan.

Tasdiqlangan nuqson dalolatnomasiga muvofiq, xonadonni energiya tejamkor holatga keltirish uchun ichki va tashqi devorlarni ta’mirlash, eshik va romlarni yangilash, fasad qismini ta’mirlash, isitish tizimiga radiator va qozon o‘rnatish kabi ishlarni amalga oshirish belgilangan.

Qurilish-montaj ishlari “FAYZ MUMTOZ NE’MATI” MChJ tomonidan olib borilib, 2026-yil iyul oyida to‘liq yakunlangan. Xonadonni energiya tejamkor qilib ta’mirlash bo‘yicha nuqson dalolatnomasida belgilangan barcha ishlar bajarilgan va buning uchun 60,1 million so‘m mablag‘ sarflangan.

Deputat Sh.Madaminova tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish davomida bajarilgan ishlarning holati joyiga chiqib ko‘zdan kechirilib, mazkur yo‘nalishda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar uchun yaratilayotgan sharoitlar tahlil qilindi.

Bunday o‘rganishlar aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, davlat tomonidan ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishini ta’minlash hamda fuqarolarning munosib yashash sharoitlarini yaratishda deputatlik nazoratining amaliy ahamiyatini yanada oshiradi.

Slide 1 of 5