35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
188-SONLI UMUMTA’LIM MAKTABIDA TA’MIRLASH ISHLARI AMALGA OSHIRILMOQDA
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
AHOLI MUROJAATI IJOBIY HAL ETILDI: KO‘P QAVATLI UYLAR TOM QISMI JORIY TA’MIRLANDI
янв.21
Xirmontepa mahallasida obodonlashtirish hashari o‘tkazildi
янв.21
AYOLLAR BILAN UCHRASHUV VA PSIXOLOGIK TRENING O‘TKAZILDI
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
9-«Nafosat» saylov okrugida ta’lim muassasalaridagi sport infratuzilmasi holati o‘rganildi
янв.21
Bekto‘pi mahallasida infratuzilmani yaxshilash ishlari davom etmoqda
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi raisi, deputat, Abdullayeva Barno Sayfutdinovnaga Xayrobod mahallasida yashovchi fuqaro Ergasheva To‘xta Qoraboyevna tomonidan murojaat kelib tushdi.
Murojaatda Hakimxon ko‘chasi 37-uy orqa tomoni hamda 5-tor Diydor ko‘chasi 45-uy atrofidagi kanalizatsiya tizimining nosozligi sababli xonadonlardan chiqayotgan oqova suvlar quvur orqali uylar orqa qismiga oqib tushayotgani, natijada hududda noxush hid tarqalayotgani va aholiga noqulaylik tug‘dirayotgani bayon etilgan.
Deputat tomonidan fuqaroning murojaati yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida murojaatda ko‘rsatilgan muammo haqiqatan ham mavjudligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan muammoni bartaraf etish, kanalizatsiya tizimini tartibga keltirish hamda aholiga qulay sharoit yaratish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish masalasi nazoratga olindi.

Slide 1 of 2