35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kengash qarori ijrosi nazorat ostida: Kichik Xirmontepa mahallasida ichki yo‘llar asfaltlashtirildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi nazorat ostida: Katta Qozirobod mahallasida asfaltlashtirish ishlari boshlandi
янв.21
188-SONLI UMUMTA’LIM MAKTABIDA TA’MIRLASH ISHLARI AMALGA OSHIRILMOQDA
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
AHOLI MUROJAATI IJOBIY HAL ETILDI: KO‘P QAVATLI UYLAR TOM QISMI JORIY TA’MIRLANDI
янв.21
Xirmontepa mahallasida obodonlashtirish hashari o‘tkazildi
янв.21
AYOLLAR BILAN UCHRASHUV VA PSIXOLOGIK TRENING O‘TKAZILDI
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
9-«Nafosat» saylov okrugida ta’lim muassasalaridagi sport infratuzilmasi holati o‘rganildi
Qumqo‘rg‘on tumanida yirik investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasi hududida Xitoylik investorlar tomonidan 5 million AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb etilgan holda zamonaviy pishgan g‘isht ishlab chiqarish korxonasi barpo etilmoqda.
Ayni paytda loyiha doirasida qurilish-montaj ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Korxona ilg‘or va zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilib, kelgusida qurilish materiallariga bo‘lgan ichki talabni qondirish, mahalliy ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda tumanning sanoat salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
Loyihaning to‘liq ishga tushirilishi natijasida 100 nafardan ortiq yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan. Bu esa, o‘z navbatida, mahalliy aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish va yangi imkoniyatlar yaratish bilan birga, Qumqo‘rg‘on tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga munosib hissa qo‘shadi.
Yangi investitsiya — yangi ishlab chiqarish, yangi ish o‘rinlari va yangi imkoniyatlar!

Slide 1 of 4