35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
188-SONLI UMUMTA’LIM MAKTABIDA TA’MIRLASH ISHLARI AMALGA OSHIRILMOQDA
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
AHOLI MUROJAATI IJOBIY HAL ETILDI: KO‘P QAVATLI UYLAR TOM QISMI JORIY TA’MIRLANDI
янв.21
Xirmontepa mahallasida obodonlashtirish hashari o‘tkazildi
янв.21
AYOLLAR BILAN UCHRASHUV VA PSIXOLOGIK TRENING O‘TKAZILDI
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
9-«Nafosat» saylov okrugida ta’lim muassasalaridagi sport infratuzilmasi holati o‘rganildi
янв.21
Bekto‘pi mahallasida infratuzilmani yaxshilash ishlari davom etmoqda
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
#deputat nazorati

Mahallalarda xotin-qizlar muammolarini o‘z vaqtida hal etish, ularning bandligini ta’minlash hamda jamiyatda va oilada munosib o‘rin topishlariga ko‘maklashish bugungi kunning eng ustuvor vazifalaridan biridir.
Shu munosabat bilan, Olmaliq shahar "Hilol" mahallasida hudud deputati Muhiddin Abdullayev hamda Xalq deputatlari shahar Kengashi Kotibiyat mudiri Sevar Qodirova boshchiligida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

📌 Nazorat tadbirining asosiy maqsadi:
Mahalladagi xotin-qizlar faolining o‘z xizmat vazifalariga mas’uliyati va faoliyat ko‘rsatkichlarini tanqidiy ko‘rib chiqish;
Oilaviy nizolarning oldini olish hamda mahalla drayveriga mos ravishda profilaktik tadbirlar tashkil etilayotganligini baholash;
Mazkur lavozimda faoliyat yuritayotgan mas’ul xodimning ish samaradorligi qoniqarli yoki aksinchaligi bo‘yicha xolis baho berish.
📊 O‘rganish davomida e’tibor qaratilgan asosiy yo‘nalishlar:
Oilaviy ajrim va nizolar: Mahalladagi mavjud nizoli oilalar ro‘yxati, ular bilan olib borilayotgan manzilli psixologik va ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda ajrimlar dinamikasi tahlil qilindi.
Bandlik va "Ayollar daftari": Xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish, tadbirkorlikka jalb qilish hamda "Ayollar daftari"ga kiritilgan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar holati ko‘zdan kechirildi.
PQ-1-sonli Qaror ijrosi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorida belgilangan topshiriqlarning ijro etilishi va mahallada belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilayotganligi chuqur o‘rganildi.
"Mahalladagi har bir xotin-qizning muammosi — bu nafaqat bir shaxs, balki butun jamiyatimiz barqarorligiga daxldor masaladir. Xotin-qizlar faolining ishi qog‘ozda emas, har bir xonadonga kirib borib, amalda o‘z aksini topishi shart."

O‘rganishlar yakunida mahalla xotin-qizlar faolining faoliyati qoniqarli deb topildi hamda o'rganishda aniqlangan kamchiliklar deputatning ko'chama-ko'cha yurish va muammolarni qayd qilish jurnaliga qayd qilindi va bartaraf etish, oilaviy nizolarni barvaqt aniqlash hamda xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida mas’ullarga aniq ko‘rsatma va takliflar berildi. Bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 3