35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI
янв.21
XAYRABOD MAHALLASIDA AHOLINI QIYNAYOTGAN MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
9-Nafosat saylov okrugi deputati saylovchilarga axborot berdi
янв.21
“DOLZARB 40 KUN” DOIRASIDA NAQQOSHLIK MAHALLASIDA TOZALIK VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI ASOSIDA BOLALAR MAYDONCHASI TA’MIRLANDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI ASOSIDA BOLALAR MAYDONCHASI TO‘LIQ TA’MIRLANDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI FUQAROLAR MUROJAATI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI ASOSIDA AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
YASHIL HUDUDLARGA E’TIBOR — MAHALLA OBODLIGIGA MUNOSIB HISSA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI AMALDA O‘Z YECHIMINI TOPMOQDA
Biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlik

#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#deputat_faoliyati
#162_ta_Qonun
#biriktirilgan_tashkilot

Biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlik

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 17-Bo‘g‘iston saylov okrugidan saylangan deputat U.Xo‘shboqov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov deputatga biriktirilgan tashkilot bilan ishlash yo‘nalishi doirasida Qiziriq tumani veterinariya va chorvachilik bo‘limida bo‘lib, bo‘lim tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, veterinariya va chorvachilik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish borasida ko‘rilayotgan choralar bilan tanishdilar.

O‘rganish davomida bo‘limning faoliyatiga oid hujjatlar va ish yuritish holati ko‘zdan kechirilib, aholiga veterinariya xizmatlarini ko‘rsatish, chorva mollarini kasalliklardan himoya qilish, profilaktik tadbirlarni tashkil etish hamda sohada belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Shuningdek, “Veterinariya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (yangi tahrir), O‘RQ–397-son, 2015-yil 29-dekabr ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida o‘rganish olib borildi.

O‘rganish jarayonida qonun talablarining amaliyotdagi ijrosi, veterinariya xizmatlarini tashkil etish, hayvonlar kasalliklarining oldini olish va veterinariya-sanitariya tadbirlarini amalga oshirish holatiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, qonunning mazmun-mohiyati va unda belgilangan talablar yuzasidan bo‘lim xodimlari o‘rtasida targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash hamda sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ishlarni davom ettirish belgilab olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4