35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
9-Nafosat saylov okrugi deputati saylovchilarga axborot berdi
янв.21
“DOLZARB 40 KUN” DOIRASIDA NAQQOSHLIK MAHALLASIDA TOZALIK VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI ASOSIDA BOLALAR MAYDONCHASI TA’MIRLANDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI ASOSIDA BOLALAR MAYDONCHASI TO‘LIQ TA’MIRLANDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI FUQAROLAR MUROJAATI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI ASOSIDA AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
YASHIL HUDUDLARGA E’TIBOR — MAHALLA OBODLIGIGA MUNOSIB HISSA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI AMALDA O‘Z YECHIMINI TOPMOQDA
янв.21
“MAHALLADA OBODLIK VA MEHR-SAXOVAT OYLIGI” DOIRASIDA TARG‘IBOT UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
9-Nafosat saylov okrugi deputati saylovchilarga axborot berdi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 9-Nafosat saylov okrugi deputati Saidova Shukrona To‘xtaevna tomonidan 2026 yilning II choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan saylovchilarga axborot taqdim etildi.
Hisobot davomida deputat tomonidan II chorak mobaynida saylov okrugi hududida amalga oshirilgan ishlar, aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar va sayyor qabullar, fuqarolar murojaatlari asosida ko‘tarilgan masalalar hamda ularning yechimi yuzasidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar, shuningdek deputatlik nazorati doirasida olib borilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Jumladan, okrug hududidagi ko‘p qavatli uylarning tom qismini joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha quyidagi natijalar qayd etildi:
🔹 Diyor va Nafosat mahallalarida jami 84 ta ko‘p qavatli uy qamrab olindi. Shundan:
Diyor mahallasida – 69 ta uy;
Nafosat mahallasida – 15 ta uy.
🔹 Joriy ta’mir rejasiga muvofiq 6 045 kv.m tom qismini ta’mirlash belgilangan bo‘lib, bugungi kunga qadar 4 225 kv.m tomda joriy ta’mir ishlari bajarildi.
Shuningdek, bolalarning xavfsiz va mazmunli dam olishini ta’minlash maqsadida hududlardagi bolalar maydonchalarini ta’mirlash ishlari ham amalga oshirildi.
✅ Diyor mahallasida:
8-mavze, 3-uy;
8-mavze, 38-uy.
✅ Nafosat mahallasida:
8-mavze, 6a-uy;
8-mavze, 17a-uy;
8-mavze, 20-uy;
8-mavze, 27-uy;
8-mavze, 31-uy;
G9-mavze, 3-uy.
Ushbu manzillardagi bolalar maydonchalari ta’mirlanib, aholi foydalanishiga topshirildi.
Saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularning ijrosini ta’minlash hamda hududdagi mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha kelgusi vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 4