35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI
янв.21
XAYRABOD MAHALLASIDA AHOLINI QIYNAYOTGAN MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
9-Nafosat saylov okrugi deputati saylovchilarga axborot berdi
янв.21
“DOLZARB 40 KUN” DOIRASIDA NAQQOSHLIK MAHALLASIDA TOZALIK VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI ASOSIDA BOLALAR MAYDONCHASI TA’MIRLANDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI ASOSIDA BOLALAR MAYDONCHASI TO‘LIQ TA’MIRLANDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI FUQAROLAR MUROJAATI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI ASOSIDA AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
YASHIL HUDUDLARGA E’TIBOR — MAHALLA OBODLIGIGA MUNOSIB HISSA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI AMALDA O‘Z YECHIMINI TOPMOQDA
Milliy cholg‘u asboblari yo‘nalishidagi sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi a’zolari tomonidan shahardagi 7-son Bolalar musiqa va san’at maktabida milliy cholg‘u asboblari yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar yaqindan o‘rganildi.

O‘rganish davomida milliy cholg‘u asboblari bo‘yicha mashg‘ulotlar olib boriladigan o‘quv xonasining yetarli darajada jihozlangani, o‘quvchilar uchun zarur musiqa asboblari va mashg‘ulotlar uchun sharoitlar mavjudligi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mazkur yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan o‘qituvchining kasbiy mahorati, amaliy tajribasi va o‘quvchilarga milliy cholg‘u asboblarini o‘rgatish borasidagi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish jarayonida o‘quvchilarning milliy musiqa san’atiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hamda mashg‘ulotlarni yanada samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yakunda mavjud sharoitlarni yanada takomillashtirish va yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2