35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI
янв.21
XAYRABOD MAHALLASIDA AHOLINI QIYNAYOTGAN MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
9-Nafosat saylov okrugi deputati saylovchilarga axborot berdi
янв.21
“DOLZARB 40 KUN” DOIRASIDA NAQQOSHLIK MAHALLASIDA TOZALIK VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI ASOSIDA BOLALAR MAYDONCHASI TA’MIRLANDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI ASOSIDA BOLALAR MAYDONCHASI TO‘LIQ TA’MIRLANDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI FUQAROLAR MUROJAATI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI ASOSIDA AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
YASHIL HUDUDLARGA E’TIBOR — MAHALLA OBODLIGIGA MUNOSIB HISSA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI AMALDA O‘Z YECHIMINI TOPMOQDA
Maorif mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq murojaat joyida o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori, Senat Kengashining KQ-35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati B.Obidov tomonidan "Maorif" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida fuqarolar murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallaning Ochiq hovuz ko‘chasida istiqomat qiluvchi aholi vakillari hamda ko‘chaboshi Baxtiyorjon G‘ulomovich Hoshimov bilan uchrashuv o‘tkazildi. Ochiq muloqot jarayonida hududdagi mavjud infratuzilma muammolari va aholini qiynayotgan masalalar muhokama qilindi.

Murojaat davomida ko‘cha aholisini sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida hududga bitta transformator punkti (TP) o‘rnatish zarurligi bildirildi. Deputat tomonidan murojaatda ko‘tarilgan masala joyida o‘rganilib, mavjud holat atroflicha tahlil qilindi.

Aniqlangan muammo belgilangan tartibda "Ko‘cha aylanish daftari"ga qayd etildi. Uni bosqichma-bosqich bartaraf etish, hudud elektr ta’minotini yaxshilash hamda zarur takliflarni shakllantirish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi. Mazkur masala deputatlik nazoratiga olindi.

Fuqarolar murojaatlarini bevosita joyiga chiqib o‘rganish, aholi bilan ochiq muloqot olib borish hamda mavjud muammolarni amaliy yechimiga erishish mahalliy Kengash deputatlarining ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib, bu tizim hududlarda dolzarb masalalarni o‘z vaqtida hal etishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4