35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XAYRABOD MAHALLASIDA AHOLINI QIYNAYOTGAN MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
9-Nafosat saylov okrugi deputati saylovchilarga axborot berdi
янв.21
“DOLZARB 40 KUN” DOIRASIDA NAQQOSHLIK MAHALLASIDA TOZALIK VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI ASOSIDA BOLALAR MAYDONCHASI TA’MIRLANDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI ASOSIDA BOLALAR MAYDONCHASI TO‘LIQ TA’MIRLANDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI FUQAROLAR MUROJAATI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI ASOSIDA AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
YASHIL HUDUDLARGA E’TIBOR — MAHALLA OBODLIGIGA MUNOSIB HISSA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI AMALDA O‘Z YECHIMINI TOPMOQDA
янв.21
“MAHALLADA OBODLIK VA MEHR-SAXOVAT OYLIGI” DOIRASIDA TARG‘IBOT UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
Fuqaro murojaati deputat e’tiborida: amaliy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rildi
Murojaatda fuqaro onasining sog‘lig‘i yomonlashgani, davolanish uchun ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasasiga joylashtirish hamda qonunchilikda belgilangan davlat imtiyozlaridan foydalanishda amaliy yordam ko‘rsatishni so‘radi.
Mazkur murojaat yuzasidan deputat tomonidan masalaga alohida e’tibor qaratilib, fuqaro bilan bevosita suhbat o‘tkazildi. Murojaatda ko‘rsatilgan holatlar atroflicha o‘rganilib, bemorning salomatligi, davolanish jarayoni hamda unga taalluqli hujjatlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, tegishli sog‘liqni saqlash muassasalari va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda fuqaroga qonunchilikda nazarda tutilgan davlat imtiyozlari va tibbiy xizmatlardan foydalanish masalasida amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
️Ushbu masala deputat tomonidan "Deputat ko'cha daftari"ga qayd etilib, Kotibiyatga muammolar taqdim etildi.
Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning muammolariga qonuniy yechim topish hamda ehtiyojmand oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Murojaat ijrosi deputat tomonidan nazoratga olinib, masalaning ijobiy hal etilishi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikdagi ishlar davom ettirilmoqda.
Slide 1 of 1