35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XAYRABOD MAHALLASIDA AHOLINI QIYNAYOTGAN MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
9-Nafosat saylov okrugi deputati saylovchilarga axborot berdi
янв.21
“DOLZARB 40 KUN” DOIRASIDA NAQQOSHLIK MAHALLASIDA TOZALIK VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI ASOSIDA BOLALAR MAYDONCHASI TA’MIRLANDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI ASOSIDA BOLALAR MAYDONCHASI TO‘LIQ TA’MIRLANDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI FUQAROLAR MUROJAATI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI ASOSIDA AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
YASHIL HUDUDLARGA E’TIBOR — MAHALLA OBODLIGIGA MUNOSIB HISSA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI AMALDA O‘Z YECHIMINI TOPMOQDA
янв.21
“MAHALLADA OBODLIK VA MEHR-SAXOVAT OYLIGI” DOIRASIDA TARG‘IBOT UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
📌 Budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi yuzasidan monitoring o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrdagi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi 913-XII-son Qonunining 19¹-moddasi hamda xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining tavsiyasiga muvofiq tuman budjetidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanish holatini o‘rganish maqsadida monitoring tadbiri o‘tkazildi.
Monitoring jarayonida ishchi guruh tarkibida xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputatlari I. Masharipov va X. Ismailov, Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi U. Ruzmetov hamda tuman moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari D. Abdullayev ishtirok etdilar.
O‘rganish davomida Shovot tumani Obodonlashtirish boshqarmasiga tuman Kengashi qarorlari bilan ajratilgan mablag‘larning ijrosi tahlil qilindi. Xususan, quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi:
🌳 Shovot kanali bo‘yiga manzarali daraxtlar ekish uchun — 106,0 mln so‘m;
🌲 Tuman markaziy ko‘chalariga manzarali daraxtlar ekish uchun — 200,0 mln so‘m;
🏡 Issiqxona tashkil etish uchun — 400,0 mln so‘m;
🅿️ Avtoturargoh tashkil etish uchun — 250,0 mln so‘m;
💡 Tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish uchun — 100,0 mln so‘m.
Monitoring natijalariga ko‘ra, mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilganligi hamda hududni obodonlashtirishga qaratilgan amaliy ishlar olib borilganligi qayd etildi.
Shu bilan birga, xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qarori bilan Shovot mahallasining “Feruz” ko‘chasining 0,235 km qismida piyodalar yo‘lakchasi barpo etish uchun ajratilgan 201,0 mln so‘mlik mablag‘ bo‘yicha ishlarning ijrosi belgilangan muddatlarga nisbatan kechikayotgani aniqlandi.
Ishchi guruh tomonidan mazkur loyiha ijrosini jadallashtirish, ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanishni ta’minlash hamda qurilish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
✅ Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan budjet mablag‘larining maqsadli va shaffof sarflanishi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4