35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XAYRABOD MAHALLASIDA AHOLINI QIYNAYOTGAN MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
9-Nafosat saylov okrugi deputati saylovchilarga axborot berdi
янв.21
“DOLZARB 40 KUN” DOIRASIDA NAQQOSHLIK MAHALLASIDA TOZALIK VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI ASOSIDA BOLALAR MAYDONCHASI TA’MIRLANDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI ASOSIDA BOLALAR MAYDONCHASI TO‘LIQ TA’MIRLANDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI FUQAROLAR MUROJAATI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI ASOSIDA AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
YASHIL HUDUDLARGA E’TIBOR — MAHALLA OBODLIGIGA MUNOSIB HISSA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI AMALDA O‘Z YECHIMINI TOPMOQDA
янв.21
“MAHALLADA OBODLIK VA MEHR-SAXOVAT OYLIGI” DOIRASIDA TARG‘IBOT UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
Haftalik_ish_reja_ijrosi #_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_162_ta_qonun Deputat saylovchilar murojaatlarini tingladi
Haftalik_ish_reja_ijrosi
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
#_162_ta_qonun
Deputat saylovchilar murojaatlarini tingladi


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining “16-Bo‘yrapo‘sh” saylov okrugidan saylangan deputati A.Axmedov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Xamdamova, mahalla faollari hamda ko‘cha boshilari hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida “Sharafobod” mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida deputat tomonidan hududda amalga oshirilgan ishlar, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan loyihalar hamda kelgusida rejalashtirilgan tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 1-aprelda qabul qilingan “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi OʻRQ–680-sonli Qonunining mazmun-mohiyati aholi oʻrtasida keng tushuntirildi. Xususan, mazkur qonun dehqon xoʻjaliklarini tashkil etish va yuritishning huquqiy asoslarini belgilashi, dehqon xoʻjaliklarining huquq va majburiyatlari, yer uchastkalaridan foydalanish tartibi hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va realizatsiya qilish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishi haqida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, qonunda dehqon xoʻjaliklarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va qishloq xoʻjaligi sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan normalar mavjudligi alohida taʼkidlandi.
Shundan so‘ng fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, kommunal xizmatlar, yo‘l infratuzilmasi, bandlik va boshqa sohalarga oid murojaatlari hamda takliflari tinglandi. Ko‘tarilgan har bir masala yuzasidan tegishli tashkilotlar mas’ullari tomonidan huquqiy tushuntirishlar berildi, ijrosini talab etadigan murojaatlar nazoratga olinib, ularni qonuniy muddatlarda hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Uchrashuv ochiq muloqot va o‘zaro fikr almashish ruhida o‘tib, aholini qiynab kelayotgan masalalarni o‘rganish hamda ularga amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etdi. Deputat bunday uchrashuvlar saylovchilar bilan doimiy muloqotni ta’minlash, ularning fikr va takliflarini inobatga olgan holda hududni yanada rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.
Slide 1 of 3