35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XAYRABOD MAHALLASIDA AHOLINI QIYNAYOTGAN MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
9-Nafosat saylov okrugi deputati saylovchilarga axborot berdi
янв.21
“DOLZARB 40 KUN” DOIRASIDA NAQQOSHLIK MAHALLASIDA TOZALIK VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI ASOSIDA BOLALAR MAYDONCHASI TA’MIRLANDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI ASOSIDA BOLALAR MAYDONCHASI TO‘LIQ TA’MIRLANDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI FUQAROLAR MUROJAATI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI ASOSIDA AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
YASHIL HUDUDLARGA E’TIBOR — MAHALLA OBODLIGIGA MUNOSIB HISSA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI AMALDA O‘Z YECHIMINI TOPMOQDA
янв.21
“MAHALLADA OBODLIK VA MEHR-SAXOVAT OYLIGI” DOIRASIDA TARG‘IBOT UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 5-“Changi” saylov okrugidan saylangan deputat Mahkamova Feruza Sa’diyеvna tomonidan jamoatchilik nazorati doirasida “Milliy Medical” tibbiyot muassasasi faoliyati o‘rganildi.Nazorat tadbiridan ko‘zlangan asosiy maqsad aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning o‘z vaqtida, sifatli va amaldagi talablar asosida tashkil etilganlik holatini baholashdan iborat bo‘ldi.O‘rganish davomida muassasada ambulator tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan sharoitlar, tibbiy xizmatlar sifati, sanitariya-gigiyena holati hamda bemorlar uchun yaratilgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi.Shuningdek,
tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib,ularning ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlardan qoniqish darajasi, mavjud muammolari, taklif va mulohazalari tinglandi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan fikrlar asosida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifati yuzasidan tegishli xulosalar qilindi.O‘rganish yakunlariga ko‘ra, “Milliy Medical” tibbiyot muassasasida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zarur sharoitlar yaratilgani, zamonaviy tibbiy xizmatlarni tashkil etish imkoniyatlari mavjudligi hamda fuqarolarga sifatli va qulay tibbiy yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.Deputat tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish,fuqarolar murojaatlari va takliflariga e’tibor qaratish muhimligi ta’kidlanib, bu kabi jamoatchilik nazorati tadbirlarini kelgusida ham izchil davom ettirish belgilandi.
  

Slide 1 of 7