35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KENGASH QARORI IJRODA: 162-SONLI UMUMTA’LIM MAKTABIDA TA’MIRLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
“Tashabbusli budjet”ning 2026-yilgi 2-mavsumida loyiha kiritish bosqichi yakunlandi
янв.21
Tuman Kengashi deputati chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat so‘roviga javob olindi: Charx Kamolon-2 mahallasidagi daraxtlar holati o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘roviga javob olindi: 1-Katta Chilonzor mahallasida asfaltlash ishlari rejalashtirilmoqda
янв.21
Deputat so‘rovi natijasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda
янв.21
Kengash qarori ijrosi nazorat ostida: Naqqoshlik mahallasida asfaltlashtirish ishlari boshlandi
янв.21
Mustaqilligimizning 35 yilligiga tuhfa: “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlar doirasida mahallalarda keng qamrovli obodonlashtirish hashari oʻtkazildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi natijasi: yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi.
янв.21
“Dolzarb 40 kun” doirasida deputat tashabbusi bilan obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.
KENGASH QARORI IJRODA: 162-SONLI UMUMTA’LIM MAKTABIDA TA’MIRLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 2026-yil 2-apreldagi III-19-22-14-204-K/26-son qaroriga asosan, Chilonzor tumanidagi 162-sonli umumta’lim maktabida ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun 1 milliard 648 million so‘m mablag‘ ajratilgan.

Mazkur qaror ijrosi doirasida ayni paytda maktabning ta’mirtalab holga kelib qolgan hojatxonalari, kirish qismidagi foye va zinapoyalar, koridorlar, devorlar hamda deraza romlarini ta’mirlash va almashtirish, shuningdek, zarur jihozlar bilan ta’minlash ishlari olib borilmoqda.

Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida ta’lim muassasasining moddiy-texnik holatini yaxshilash, o‘quvchilar va pedagoglar uchun xavfsiz, qulay hamda zamonaviy shart-sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan.

Kengash qarorlarining joylardagi ijrosi deputatlik nazorati doirasida kuzatib borilmoqda.

Slide 1 of 4