#Yoshlar_maslahat_guruhi
#Deputat_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev, tuman Kengashi deputati N.Parmanova hamda tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi S.Sa’dullayeva tomonidan Bahor mahallasida ko‘cha boshi xotin-qizlari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi xotin-qizlarning muammo va takliflarini tinglash, ularni qiynayotgan masalalarni joyida o‘rganish hamda mavjud muammolar yuzasidan amaliy yechimlar ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi.
Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida bandlikni ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, oilaviy farovonlikni mustahkamlash, sog‘liqni saqlash, ta’lim hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan xotin-qizlarning fikr va takliflari tinglandi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|