35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XAYRABOD MAHALLASIDA AHOLINI QIYNAYOTGAN MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
9-Nafosat saylov okrugi deputati saylovchilarga axborot berdi
янв.21
“DOLZARB 40 KUN” DOIRASIDA NAQQOSHLIK MAHALLASIDA TOZALIK VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI ASOSIDA BOLALAR MAYDONCHASI TA’MIRLANDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI ASOSIDA BOLALAR MAYDONCHASI TO‘LIQ TA’MIRLANDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI FUQAROLAR MUROJAATI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI ASOSIDA AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
YASHIL HUDUDLARGA E’TIBOR — MAHALLA OBODLIGIGA MUNOSIB HISSA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI AMALDA O‘Z YECHIMINI TOPMOQDA
янв.21
“MAHALLADA OBODLIK VA MEHR-SAXOVAT OYLIGI” DOIRASIDA TARG‘IBOT UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
Mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati J.Xusanov tomonidan "G‘ishtko‘prik" mahalla fuqarolar yig‘inida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ–1-sonli “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi hamda ushbu yo‘nalish bo‘yicha shahar IIB boshlig‘ining 2026-yilning o‘tgan 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti yuzasidan o‘rganish va muhokama o‘tkazildi.

Muhokamada mahalla profilaktika inspektori Xoliqov Axror Sattoraliyevich, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, mahalla kengashi a’zolari hamda mahalla faollari ishtirok etib, hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Xususan, mahallada huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, notinch va ijtimoiy xavf ostidagi oilalar bilan manzilli ishlash, tungi profilaktik reydlar samaradorligini oshirish hamda mahallani jinoyatdan xoli hududga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalla hududida zamonaviy videokuzatuv kameralarini o‘rnatish, mavjud kuzatuv tizimlari qamrovini kengaytirish, ko‘chalar va jamoat joylarini videonazorat bilan ta’minlash hamda xavfsizlik infratuzilmasini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Ushbu yo‘nalishda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Bunday o‘rganish va muhokamalar mahallalarda xavfsizlik tizimini takomillashtirish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish hamda osoyishta hayot muhitini yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3