35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DMED tizimi joriy etilishi va tibbiy xizmat sifati deputatlik nazoratida
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi ta’minlandi
янв.21
Mikronutrient yetishmasligining oldini olish bo‘yicha qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Hokim yordamchilari faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaatida ko‘tarilgan masalalar tuman hokimi va deputat tomonidan joyida o‘rganildi
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Ko‘p qavatli uy aholisi bilan ochiq muloqot
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatlari tomonidan 2026-yil iyul oyida yuborilgan deputat so‘rovlari
Aholi murojaatida ko‘tarilgan masalalar tuman hokimi va deputat tomonidan joyida o‘rganildi

Chilonzor tumanining “Bek-to‘pi” mahalla fuqarolar yig‘inida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.A.Xusainov tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi uchrashuvda mahallani obodonlashtirish hamda yoshlar uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha fuqarolar tomonidan quyidagi murojaatlar ilgari surildi.
Xususan, uchrashuv davomida 3-uyda yashovchi fuqaro A.Karimjonov mahalla hududidagi 20x30 metr o‘lchamdagi bo‘sh maydonni ko‘kalamzorlashtirish, “yashil zona” barpo etish va sug‘orish tizimi uchun suv tarmog‘i tortish masalasini ko‘targan bo‘lsa, ushbu uyda yashovchi fuqaro R.Ibragimov 204-sonli DMTT (bog‘cha) yonidagi 20x40 metr o‘lchamdagi yer maydonida bolalar uchun kichik futbol maydonchasi barpo etish taklifini bildirdi.
Mazkur bildirilgan takliflar yuzasidan Chilonzor tumani hokimi S.M.Xolxo‘jayev va deputat A.A.Xusainov birgalikda joyiga chiqib, ko‘rsatilgan hududlarning infratuzilma va shaharsozlik imkoniyatlarini atroflicha o‘rganishdilar.
Shuningdek, o‘rganish natijalariga ko‘ra, tuman hokimi ushbu murojaatda ko‘tarilgan masalalarni amalga oshirish yuzasidan tegishli tashkilot va mas’ul idoralarga ko‘rsatma hamda topshiriqlar berilishini ma’lum qildi.

Slide 1 of 1