35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DMED tizimi joriy etilishi va tibbiy xizmat sifati deputatlik nazoratida
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi ta’minlandi
янв.21
Mikronutrient yetishmasligining oldini olish bo‘yicha qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Hokim yordamchilari faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaatida ko‘tarilgan masalalar tuman hokimi va deputat tomonidan joyida o‘rganildi
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Ko‘p qavatli uy aholisi bilan ochiq muloqot
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatlari tomonidan 2026-yil iyul oyida yuborilgan deputat so‘rovlari
NOQONUNIY QURILMALAR YUZASIDAN TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI

 NOQONUNIY QURILMALAR YUZASIDAN TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati A. Abdumurodov tomonidan Olmazor mahallasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida ayrim tadbirkorlar tomonidan tadbirkorlik obyektlariga noqonuniy ravishda qo‘shimcha qurilmalar va inshootlar qurib olingan holatlar ko‘zdan kechirildi.

Deputat tomonidan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, amaldagi shaharsozlik, yer va qurilish qonunchiligi talablari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, noqonuniy qurilmalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish yoki bartaraf etish, qonun talablariga rioya qilish zarurligi alohida ta’kidlandi.

🤝 Qonunchilik talablariga rioya etish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniy asosda yuritish hamda hududlarda tartib va obodonlashtirishni ta’minlash — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 2